Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda quduqqa tushib ketgan sigir qutqarildi

Jizzaxda quduqqa tushib ketgan sigir qutqarildi

Foto:FVV matbuot xizmati

25-aprel kuni soat 17:40 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor boshqaruv markaziga 1050 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

Forish tumani Osmonsoy qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro sigiri hovlisida qazilgan chuqurligi 9-10 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketganligi hamda uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir talofatlarsiz quduqdan chiqarib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring