Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda «yo‘l egasi» qo‘lga tushdi

Jizzaxda «yo‘l egasi» qo‘lga tushdi

Jizzax-Samarqand yo‘nalishida kirakashlik qilayotgan fuqarolardan «dolya» talab qilib kelgan shaxs qo‘lga olindi. 

Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Baxmal tumanida yashovchi Jizzax-Samarqand yo‘nalishida kirakashlik qiluvchi fuqarodan 100 AQSh dollari talab qiladi. So‘ralgan pulni bermasa taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymasligini aytadi.

Fuqaroning murojaati asosida ichki ishlar organlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, talab qilingan mablag‘dan 1 million so‘mni olgan vaqtda qo‘lga tushadi.

O‘rganishlar davomida fuqaro boshqa bir shaxsdan ham 500 ming so‘m pul olib, yo‘lovchi tashishiga ruxsat bergan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring