Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxdagi temir yo‘l halokati sababi aytildi

Jizzaxdagi temir yo‘l halokati sababi aytildi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi temir yo‘lda sodir bo‘lgan YTH yuk avtomobilining yo‘l harakati qoidasiga rioya etmaganligi sababli sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 20-oktyabr kuni kech soat 00:25 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchilik qismiga Sharof Rashidov tumani «U.Xatamov» MFY hududida harakatlanib ketayotgan «Shacman» rusumli yuk avtomobili Jizzax-2 Chamanzor temir yo‘l bekatlar oralig‘ining 3550-kilometrida harakatlanib ketayotgan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli teplovozning yo‘liga chiqib ketishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Voqea joyiga hududiy FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborilganida YTH natijasida teplovoz o‘z izidan chiqib ketib harakatdan to‘xtagani aniqlangan.

Hodisa oqibatida yuk avtomobili xaydovchisi tan jarohati olgan, unga joyida zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilib, RShTYIM Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring