Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Jo Baydendan tabrik xati oldi

Shavkat Mirziyoyev Jo Baydendan tabrik xati oldi

AQSh prezidenti Jozey Bayden O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!Amerika xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z ayyomi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimizni yo‘llamoqdaman.

O‘tgan yil davomida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari umumiy muammolarni hal qilish, xalqlarimiz xavfsizligi va farovonligini ta’minlash maqsadida birlashdi.

Ushbu uyg‘onish va yangilanish mavsumida Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston xalqiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu kunlarda yangi marralarni belgilab, mustahkam tinchlik va o‘zaro anglashuv ruhidagi umumiy kelajak sari sa’y-harakatlarimizni davom ettirar ekanmiz, men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va xalqlarimiz do‘stligi yanada mustahkamlanishiga ishonaman.

Navro‘z muborak!

Hurmat bilan, Jozef Bayden,Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti», deyiladi maktubda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring