Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden virus yuqtirib olgani aniqlandi

Jo Bayden virus yuqtirib olgani aniqlandi

Foto: Kommersant.

AQSh prezidenti Jo Baydenda koronavirus aniqlandi.

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Perning aytishicha, 79 yoshli prezident to‘liq emlangan, hozirda virusning yengil alomatlarini boshdan kechirmoqda va o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.

Xabar qilinishicha, prezident Paxlovid preparatini qabul qilmoqda. Bu Pfizer tomonidan ishlab chiqarilgan antiviral tabletkadir. 

Oq uyning koronavirus bo‘yicha koordinatori doktor Ashish Jo Baydenning isitmasi yo‘qligini, ammo burnidan oqishi, quruq yo‘tal va biroz charchoq borligini ma’lum qilgan. 

Baydenning rafiqasi Jill Baydenda koronavirus aniqlanmagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring