Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kadishev bozorida birovning plastigini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Kadishev bozorida birovning plastigini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Noma’lum shaxs Toshkent shahridagi Aviasozlar ko‘chasida joylashgan “Aviasozlar” dehqon bozori hududida birovning plastik kartochkasini o‘g‘irlagan.

Jabrlanuvchi 30 yoshli ayol bo‘lib, u 25-iyul kuni Yashnobod tuman prokuraturasiga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, plastikda 3 230 000 so‘m pul bo‘lgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Toyloq tumani Muborak mahallasida yashovchi 20 yoshli fuqaro sodir etgani aniqlanib, ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring