Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kanada orzusi» ortidan pul ishlamoqchi bo‘lgan shaxsning «nomeri o‘tmadi»

«Kanada orzusi» ortidan pul ishlamoqchi bo‘lgan shaxsning «nomeri o‘tmadi»

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro N.M. fuqaro D.Q.ni tanishlari yordamida 15 000 AQSh dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring