Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanadada it shahar merligi uchun o‘z nomzodini qo‘ydi

Kanadada it shahar merligi uchun o‘z nomzodini qo‘ydi

Molli ismli yetti yoshli it Toronto meri lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ydi. Bu haqda Toronto Star xabar bermoqda.

Itning rasmiy vakili bo‘lishini aytgan egasi Tobi Xips hujjatlarni rasmiylashtirishning so‘nggi kunida ro‘yxatdan o‘tish uchun saylov uchastkasiga kelgan. 

«Uning saylovoldi tashviqoti davomida taqdim etadigan ko‘plab yirik g‘oyalari bor va bu jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortadi», — deydi nomzod vakili.

Xipsning so‘zlariga ko‘ra, Molli o‘z atrofiga shahar muammolari, xususan, transport va uy-joy muammolarini hal qilish bo‘yicha asosli g‘oyalarni taklif qiladigan «ajoyib maslahatchilar jamoasi»ni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Mollining eng katta tashvishi - bu yo‘llarda qishda tuzni haddan tashqari ko‘p ishlatish, qorda yurish paytida uning panjalariga zarar yetishi va transport vositalarini korroziyaga olib kelishidir.

Hipsning ishonishicha, Molli mer roli uchun juda mos keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring