Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun navbatdagi jangovar smena yuborildi. Eski smena karantinga olinadi (foto)

Karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun navbatdagi jangovar smena yuborildi. Eski smena karantinga olinadi (foto)

Bugun, 2 arpel kuni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni ko‘rsatmasiga asosan Samarqand viloyatida joylashgan karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun tantanali ravishda navbatdagi jangovar smena yuborildi. Bu haqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Tadbirda okrug qo‘mondonligi, Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizoni ofitserlari, harbiy qism komandirlari, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Dastlab, sinovli kunlarda xalqimizga yelkadosh bo‘lgan ya’ni karantindagi fuqarolarni xavfsizligini ta’minlashda va ko‘chalar, aholi uylarini dizenfeksiya qilishda, shuningdek, urush qatnashchilari, yolg‘iz keksalar xolidan xabar olishda faollik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilarga pul, esdalik sovg‘alari hamda navbatdagi unvonlar topshirildi.

Shundan so‘ng, Samarqand viloyatida karantinga olingan shifoxona va binolarda fuqarolarni xavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan bo‘linmalarga jangovar topshiriq berildi.

— Karantin maskanida xizmatni o‘tash jangovar vazifani bajarish bilan tenglashtiriladi, — deydi okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov. — Samarqand (5 ta), Jizzax(1 ta) hamda Navoiy (4 ta) viloyatidagi jami 10 ta ob’yektda 200 nafarga yaqin harbiylar tomonidan patrullik qo‘riqlovi olib borilyapti. Bundan tashqari, ichki blok-postlarda ham xizmat to‘g‘ri tashkil etilgan. Karantin hududida qo‘riqlovni amalga oshirgan bo‘linmalar esa Samarqand harbiy gospitaliga 14 kunlik karantinga joylashtiriladi. Ular malakali shifokorlar nazoratida bo‘lishadi.

Tantanali kuzatish marosimida faxriy qorovul tomonidan jangovar bayroq olib o‘tildi. Harbiy orkestr ijrosida jangovar kuy yangradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring