Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kartoshka yetishtirish ko‘paydi, biroq importi ham oshdi

Kartoshka yetishtirish ko‘paydi, biroq importi ham oshdi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 16 mamlakatdan 65,9 mln AQSh dollari qiymatidagi 404,1 ming tonna kartoshka import qildi.

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,7 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:

  1. Pokiston — 258,2 ming tonna
  2. Qozog‘iston — 96,3 ming tonna
  3. Qirg‘iziston — 16,8 ming tonna
  4. Rossiya — 15 ming tonna
  5. Niderlandiya — 6,3 ming tonna
  6. Eron — 5,6 ming tonna

2022-yilning sentyabriga qadar respublikamizda 2,6 mln tonna kartoshka yetishtirildi. Kartoshka yetishtirish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,6 foizga oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring