Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kelgusi haftadan dam olish kunlari «ko‘chaga chiqish taqiqlanadi»

Kelgusi haftadan dam olish kunlari «ko‘chaga chiqish taqiqlanadi»

Foto: «Xabar.uz»

Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 13-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar respublika miqyosida qo‘shimcha ravishda karantin cheklovlari kiritilgani xabar qilingandi.

Unga ko‘ra, joriy yil 18-19-iyul hamda 25-26-iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Joriy yilning 18-19-iyul hamda 25-26-iyul (shanba va yakshanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:

  • aholiga – «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etgan holda o‘z uylarida qolish;
  • davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga – xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring