Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kennedining jiyani AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yish uchun ariza topshirdi

Kennedining jiyani AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yish uchun ariza topshirdi

AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani, advokat kichik Robert Kennedi prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun ariza berdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Robert Kennedi Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun ariza berdi. Bu ma’lumot advokat idorasida tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning eng mashhur siyosatchilaridan biri Jon Kennedi 1963 yil 22 noyabrda o‘ldirilgan. Prezident korteji Dallas ko‘chalari bo‘ylab ketayotganida Kennediga bir necha bor o‘q uzilgan. Kennedining ukasi Robert (kichik Robert Kennedining otasi) ham taniqli amerikalik siyosatchi edi. 1968 yil 4 iyunda Ambassador mehmonxonasida unga suiqasd uyushtirilib, ikki kundan keyin u vafot etgan.

AQShda navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. Bu mamlakat tarixidagi 60-prezidentlik saylovi bo‘lib, unda AQShning 47-prezidenti saylanishi (agar hozirgi 46-prezident Jo Bayden saylovda mag‘lub bo‘lsa) mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring