Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kitobni uloqtirib tarqatgan o‘qituvchi va maktab direktori ishdan haydaldi

Kitobni uloqtirib tarqatgan o‘qituvchi va maktab direktori ishdan haydaldi

Joriy yilning 5-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalariga qo‘pol ravishda maktab darsliklari va mashq daftarlari tarqatilganligi aks etgan video tarqaldi.

Nurobod tumani hokimligi Axborot xizmati xabar berishicha, holatni o‘rganish bo‘yicha tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan.

«O‘rganishlar davomida tumandagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf rahbari G‘. Sh. sinf o‘quvchilariga maktab darsliklari va mashq daftarlarini qo‘pol tarzda, o‘qituvchi etikasi va odob-axloq qoidalariga zid ravishda, sinfdan tashqari holatda tarqatganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘qituvchiga xos bo‘lmagan xislatda xatti-harakat qilganligi sababli Sh.G‘. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Maktab darsliklari va mashq daftarlarini tarqatilish jarayonini nazoratga olmaganli va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi sababli maktab direktori E.H. egallab turgan lavozimidan ozod qilinganligini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring