Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva kutilmagan iste’foga izoh berishdi

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva kutilmagan iste’foga izoh berishdi

Foto: Komil Allamjonov kanali

Bugun, 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida kengaytirilgan majlis o‘tkazilib, unda AOKA direktori v.b. Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ishdan ketgani ma’lum qilindi.

AOKA rahbarlari ushbu kutilmagan iste’fodan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida izoh qoldirishdi.

«Hayotimning eng yorqin, qiziqarli va serqirra kunlari aynan AOKAda o‘tdi. Davlat xizmati katta maktab bo‘ldi. Endi biz tanlagan jamoatchilik yo‘li ham bundan-da voqealarga boy, shu bilan birga, sermazmun bo‘ladi deb niyat qilaman. Nima bo‘lsa ham, xalq va yurt manfaati bosh maqsad bo‘lib qoladi», – deb yozdi Komil Allamjonov.

Saida Mirziyoyeva esa quyidagicha izoh qoldirdi: «Agentlikdagi faoliyatim mening hayotimdagi eng baxtli davrlardan biri bo‘ldi. Oldimizga qo‘yilgan har bir masala va vazifaga astoydil harakat qilgan holda yondashdik. Kelajakda ham qaysi yo‘nalishda ishlashimdan qati nazar, faqat davlat va yurt farovonligi yo‘lida qo‘limdan kelganicha xizmat qilishga tayyorman».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib Saidjonov Dilshod Madrahimovich tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring