Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Konslagerning 101 yoshli sobiq qo‘riqchisi 5 yilga qamaldi

Konslagerning 101 yoshli sobiq qo‘riqchisi 5 yilga qamaldi

Foto: Vesti.ru

Zaksenhauzen natsistlar konslagerining sobiq qo‘riqchisi Yozef Shutsni Germaniya sudi 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Brandenburg-an-der-Xafel shahri sudi 101 yoshli Shutsni konslagerning 3,5 ming nafardan ortiq mahbuslarini o‘ldirishda yordamlashganlikda aybdor deb topdi.

Shuts konslagerda 1942 yil yanvaridan 1945 yil fevraligacha xizmat qilgan. Uning o‘zi konslagerda qo‘riqchi bo‘lib ishlaganini inkor qilub kelgan. Aytishicha, bu davrda Pazevalk shahri (Meklenburg–Old Pomeraniya) yaqinida ishchi bo‘lgan. Biroq prokuratura ayblov qo‘yishda sobiq qo‘riqchiga tegishli shaxsning ismi-familiyasi, tug‘ilgan sanasi va joyi ko‘rsatilgan hujjatlar va boshqa materiallarga asoslangan.

Shutsning sudi o‘tgan yilning 7 oktyabrida boshlangan edi. Keksa Shuts kuniga 2,5 soatdan ortiq sudda qatnasha olmagani uchun jarayon uzoq cho‘zildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring