Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kongoda Italiya elchisini o‘ldirishdi

Kongoda Italiya elchisini o‘ldirishdi

Foto: «https://www.reuters.com/»

Italiyaning Kongo Demokratik Respublikasidagi elchisi Luka Attanasio dushanba kuni mamlakat sharqidagi qurolli hujum oqibatida o‘ldirildi, deyiladi Italiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

ANSA yozishicha, mashinaga hujum Goma shahrida sodir bo‘lgan, shundan so‘ng diplomat shifoxonaga yuborilgan: u o‘sha yerda jon bergan.

Attanasiodan tashqari politsiyachi ham halok bo‘lgan.

«Reuters» xabariga ko‘ra, BMT karvoniga qilingan hujum mahalliy vaqt bilan soat 10:15da (Toshkent vaqti bilan 13:15) Kanyamaxoro shahri yaqinida sodir bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring