Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasi boshqaruvi tadbirkorlarga beriladi

Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasi boshqaruvi tadbirkorlarga beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida infratuzilma masalasi haligacha dolzarb bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.

Ushbu masalalarni hal etish uchun 200 milliard so‘m ajratilsa, kamida 3 million turistni jalb qilish mumkin.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga:

  • viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda turizm mahallalarida yo‘l, elektr, suv va internet muammosini hal etish bo‘yicha hukumat qarorini kiritish;
  • ushbu dasturni moliyalashtirishga yiliga 200 milliard so‘m ajratish;
  • yil yakunigacha oilaviy mehmonxonalarni ko‘paytirish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlariga qo‘shimcha 500 milliard so‘m yo‘naltirish;
  • kelgusi yil 1-aprelga qadar Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasini tadbirkorlarga boshqaruvga berib, ularni tematik turizm qishloqlariga aylantirish topshirildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring