Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyaga ketish uchun pul berganlarning umidi puchga chiqdi

Koreyaga ketish uchun pul berganlarning umidi puchga chiqdi

2017-yilning sentyabr oyidan 2018-yilning aprel oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, 54 yoshli Asqar Yu. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida firibgarlik ishlatadi.

U Qarshi shahar Eski bozor savdo majmuasida tanishlari Shoxrux D. va Farrux K.larga «Janubiy Koreya davlatiga ishga jo‘nataman» deb ularni ishonchiga kirib jami 9.500 AQSh dollar pullarini aldov yo‘li bilan olib, bergan va’dasini bajarmasdan, turli bahonalar qilib, olgan pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Asqar Yu.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «B» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring