Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus payti nima qilmaslik kerakligi haqida fotoqo‘llanma

Koronavirus payti nima qilmaslik kerakligi haqida fotoqo‘llanma

Foto: «Ridus»

Koronavirus bahona ko‘p narsalarni qayta kashf etayotgandekmiz. Mana masalan, shu virusdan ham battar kasalliklar uyg‘onayotganini ko‘rib-bilib turibmiz: ochko‘zlik, qo‘rqoqlik, tubanlik, ...

Vaqti kelib koronavirusning «oyoq-qo‘li»ni bog‘lab tashlarmiz, balki, ammo «eski dardlar»ni nima qilamiz?!.

Gapni cho‘zishdan kimga foyda? Keling, yaxshisi, manavi suratdagilarga o‘xshamaylik!

Manavi odam 17 ming qadoq antiseptik va dezinfeksiya salfetkalarini sotib olaman deb 2 ming kilometr yo‘l bosibdi. Endi esa xaridor topolmay halak. 


Odamlar dard bilan, o‘lim bilan kurashib yotgan bir chog‘da ushbu bloger chellenj o‘tkazipti: «Yaqin do‘konlardagi hamma hojatxona qog‘ozlari va sanitayzerlarni sotib olamiz».


Agar bu mahsulotga talab shunday saqlanib tursa, yaqinda «Forbes» ro‘yxati jiddiy o‘zgarishi hech gapmas.


Bu ayol supermarketdagi barcha hojatxona qog‘ozlarini sotib olib, endi o‘n baravar qimmatiga sotyapti. Orzuga ayb yo‘q... Jeff Bezos ham qog‘oz sotib eng boy insonga aylangan, faqat uniki kitob edi...


   

Mashinaga sig‘armikan, nima deb o‘ylaysiz. Balki yuk mashinasini yollash kerakdir.


Hamma termometrlarni aravachaga ortib olgan bu erkak «zamonaviy boy»lardan, hali kassadan ketmay turib, qancha ishlashini cho‘tlayapti.


Etalonlar o‘zgarmoqda...


«Nega ayrim odamlar hamma narsani pulga aylantira olishadi-ya?!»


 

 

Dezinfiktorlarni bitta qolmay yig‘ib ketayotgan bu oilani bemalol «Dunyodagi eng ozoda oila» deyish mumkin. Qo‘shtirnoq ichida, albatta.


Bunaqa «dovul»dan so‘ng supermarket xodimlarigayam osonmas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring