Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Koronavirus qishda yanada faollashishi mumkin» - shifokor

«Koronavirus qishda yanada faollashishi mumkin» - shifokor

Tibbiy niqob va qo‘lqop kiyish va boshqa sanitar talablar qishda ham dolzarb masala bo‘lib qoladi. Bu haqda rossiyalik shifokor Aleksandr Karabinenko ta’kidlamoqda deya xabar beradi «Sputnik» nashri.

Shifokorning qayd etishicha, yangi turdagi koronavirusning sovuqda qanday tarqalishi yaxshi o‘rganilmagan va infeksiya yanada faollashishi ehtimoldan holi emas.

«Sovuq bo‘lishidan qat’i nazar, niqoblardan foydalanish hozirgidek bo‘lib qolishi kerak. Qishda tashqarida niqob kiyish foydalidir, chunki niqob havoni isitishga yordam ham beradi»,- deyiladi xabarda.

Shifokor qo‘lqop kiyishni davom ettirish ham muhimligini ta’kidlagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring