Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus yuqtirish holatlari biroz kamaydi, bir bemor vafot etdi

Koronavirus yuqtirish holatlari biroz kamaydi, bir bemor vafot etdi

2021-yil 19-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87225 (+243) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
2 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
4 nafari Namangan viloyatida,
13 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
 34 nafari Toshkent viloyatida,
168 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 639 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2053 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring