Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan tuzalganlar miqdori bemorlar sonidan oshdi

Koronavirusdan tuzalganlar miqdori bemorlar sonidan oshdi

Foto: SSV matbuot xizmati

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan bir yo‘la 24 nafar bemor butkul sog‘aydi.

Sog‘ayganlarning 20 nafari Toshkent shahridan, Surxondaryo, Farg‘ona, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 5 nafari Turkiyadan Istambul – Toshkent yo‘nalishida, 4 nafari Rossiyadan Moskva – Toshkent yo‘nalishida charter reyslar orqali kelishgan va karantinga olingan.

Andijon viloyatida 27 nafar, Surxondaryo viloyatida 7 nafar, jami 34 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda darddan forig‘ bo‘lganlar Andijonda 88 nafarni, Surxondaryoda esa 18 nafarni tashkil qilmoqda.

Shunday qilib, bugunning o‘zida 100 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 992 nafarga yetdi. 942 kishi shifoxonalarda davolanmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring