Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusdan tuzalganlar yana qancha vaqtgacha virusni yuqtirish ehtimolini saqlab qoladi?

Koronavirusdan tuzalganlar yana qancha vaqtgacha virusni yuqtirish ehtimolini saqlab qoladi?

Foto: «pixabay.com»

Koronavirusdan sog‘aygan bemorlar alomatlar yo‘qolgandan so‘ng 14 kun davomida kasallikni yuqtirishi mumkin, deydi biologiya fanlari doktori Ancha Baranova.

«Moskovskiy komsomolets»ning yozishicha, aksariyat tuzalganlar alomatlar yo‘qolgandan keyin bir hafta ichidayoq xavfsiz bo‘lib qolishi mumkin. Ba’zilarda esa 10 kundan keyin ham alomatlar qayta paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Baranovaning so‘zlariga ko‘ra, Osiyoda «uchta test» qoidasidan foydalanilmoqda. Unga ko‘ra sog‘aygan odam kunning uchta turli davrida koronavirusga uch marta test topshirishi zarur. Birinchi safar alomatlar yo‘qolgandan so‘ng 72 soat ichida test topshiriladi. Agar uchala test ham manfiy chiqsa, bemor «ozod» etiladi, aks holda muolaja qaytadan boshlanadi.

Rossiyada pandemiya davrida jami 493 657 kishida koronavirus qayd etildi, ulardan 6358 nafari vafot etgan bo‘lsa, 252 783 nafari tuzalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring