Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning yuquvchanligini oshirgan mutatsiya aniqlandi

Koronavirusning yuquvchanligini oshirgan mutatsiya aniqlandi

Foto: BBC

AQShdagi Los-Alamos milliy laboratoriyasi olimlari Dyuk universiteti (AQSh) va Sheffild universiteti (Buyuk Britaniya)dagi hamkasblari bilan birgalikda olib borilgan tadqiqotlar natijasida koronavirusning yuquvchanligi mutatsiya yuz bergani uchun oshgan degan xulosaga kelishdi.

Mutaxassislar koronavirus genomi tadrijiyligining bir necha mingtasini o‘rganishdi va jami 14 ta mutatsiyasini aniqlashdi. Ularning bittasi tikansimon oqsilga taalluqli. Ya’niki bu koronavirus xo‘jayin-organizm hujayralariga osonroq yopishib olishini anglatadi.

Olimlar keltirgan ma’lumotda koronavirusga chalingan bir nafar bemor o‘rtacha hisoblaganda 2,4 kishiga kasallikni yuqtirishi aytiladi. Solishtirish uchun: oddiy gripp bitta odamdan 1,28 kishiga, «ispanka» 1,8 kishiga yuqadi.

Mutatsiyalangan yangi virus Yevropa va Shimoliy Amerikada aprel oyida gegemonga aylandi. Tadqiqotchilarning fikricha, mutatsiyaga uchragan koronavirus  organizmning immun tizimini tormozlab, antitanalarni oson ishdan chiqaradi.

Koronavirusning mutatsiyaga uchrash qobiliyati hozir ishlab chiqilayotgan vaksinalarning samaradorligini keskin pasaytirib yuborishi mumkin. Olimlarning aytishicha, agarda pandemiya yozda chekinmas ekan, vaksinalar foydasiz bo‘lib qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring