Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu tanqidlar yomg‘iri ostida qoldi

Krishtianu Ronaldu tanqidlar yomg‘iri ostida qoldi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Al-Ittifoq»qa qarshi jamoada debyut qilganidan so‘ng futbol muxlislari tomonidan tanqid qilindi.

«Ronaldu hatto Saudiya Arabistonida ham dribling qila olmaydi», — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

«Iste’foga chiqishi kerak bo‘lgan o‘yinchi, zo‘rg‘a harakat qilmoqda», — deb yozgan boshqa muxlis.

Ronaldu «Al-Ittifoq» jamoasiga qarshi uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq sardor sifatida maydonga tushdi va so‘nggi daqiqagacha o‘ynadi, biroq gol ura olmadi.

«Al-Nasr» braziliyalik Anderson Taliskaning 31-daqiqada kiritgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ayni damda «An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 33 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Al-Ittifoq» 16 ochko bilan o‘ninchi o‘rinda joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring