Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuniga to‘rt bankadan energetik ichimlik ichgan talabaning yuragi to‘xtab qoldi

Kuniga to‘rt bankadan energetik ichimlik ichgan talabaning yuragi to‘xtab qoldi

Foto: «Newsae.ru»

Ikki yil davomida kuniga to‘rt bankadan energetik ichimlik ichgan universitet talabasining yuragi to‘xtab qoldi. Bu haqda BMJ Case Reports tibbiy jurnalida xabar berilgan.

Ismi ma’lum qilinmaayotgan 21 yoshli britaniyalik ikki yil davomida har kuni tarkibida 160 milligrammdan kofein bo‘lgan to‘rtta yarim litrli energetik ichimlik iste’mol qilgan. O‘tgan to‘rt oy ichida u bo‘g‘ila boshlagan, ozib ketgan va, oxir-oqibat, shifoxonaga tushgan.

Talaba 58 kun shifoxonada yotgan, shundan ba’zi kunlarini reanimatsiya bo‘limida o‘tkazgan. Tibbiy tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, bemorda ikkala buyragi ham ishlamay qolgan. Shifokorlar donor a’zolarini yosh yigitga ko‘chirib o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishgan.

Buyrak yetishmovchiligi sog‘liq bilan boshqa muammolar, shu jumladan, yurak xurujiga olib keldi. Uning o‘limiga «energetik ichimlik tufayli kelib chiqqan kardiotoksiklik» sabab bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas.

Energetik ichimliklar iste’mol qilishdan oldin talabaning sog‘lig‘ida muammosi bo‘lmagan.

Bemorning so‘zlariga ko‘ra, bir necha bor energetik ichimlik ichishni tashlashga urinib ko‘rgan. Lekin har safar zararli odatdan voz kechishda og‘riqli hislarga duchor bo‘lgan. Energetik ichimliklarga qaramlik tufayli talaba migren, qaltirash va yurak urishi tezlashishidan azob tortgan. Bu esa kundalik vazifalar va o‘qishga diqqatni jamlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring