Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent-Termiz» yo‘lida «Lasetti» «KamAZ» bilan to‘qnashdi, ikki kishi halok bo‘ldi

«Toshkent-Termiz» yo‘lida «Lasetti» «KamAZ» bilan to‘qnashdi, ikki kishi halok bo‘ldi

13-avgust kuni  Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashagan 28 yoshli A.A. o‘zining «Lasetti» rusumli avtomashinasini Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi «Toshkent-Termiz» yo‘lida haydab ketayotgan bo‘lgan. So‘ngra shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan 53 yoshli I.A. boshqaruvidagi «KamAZ-5410» rusumli yuk avtomashinaning orqa qismiga urilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Natijada «Lasetti» avtomashinasi haydovchisi A.A. va yo‘lovchisi Farg‘ona shahrida yashagan 35 yoshli J.Yu.lar jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. «Lasetti»dagi qolgan ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring