Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madrimovning raqibi «omadsiz» jangga izoh berdi

Madrimovning raqibi «omadsiz» jangga izoh berdi

9 iyul kuni  Mishel Soro Isroil Madrimovga qarshi Londonda WBA Eliminator kamari uchun jang qilgan edi. Jang uchinchi raundda fransiyalik bokschining jarohati bois texnik durang bilan yakunlangandi.

«Afsuski, jang uchinchi raund avvalida ochiq jarohat tufayli texnik durang bilan yakunlandi. Qanday yoqimsiz holat! O‘zimni yaxshi his qildim, jang 12 raund davom etadi, deb o‘ylagandim!

Biroz dam olib, mashg‘ulotlarga qaytaman, sababi uchinchi jang tez orada bo‘lib o‘tadi. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat, men buni his qildim! Rahmat, tez orada ko‘rishguncha!», deb yozgan Soro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring