Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Foto:«O‘zA»

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.

Qonun bilan 10 ga yaqin qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, Jinoyat kodeksi voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligiga oid talablarni buzganlik hamda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, bunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa:

- BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima;
- 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Shuningdek, mazkur kodeksda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Xususan, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash (bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno) uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.

(Hozirda BHMning 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda)

Bundan tashqari, Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat bilan to‘ldirildi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonunning ayrim moddalari va bandlari qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring