Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktabda telefonda gaplashish zarur bo‘lsa, past ovozda va qisqa muloqot qilinadi

Maktabda telefonda gaplashish zarur bo‘lsa, past ovozda va qisqa muloqot qilinadi

Foto: «Google.com»

Maktablarda telefonda gaplashish mumkinmi? Bu haqda Adliya vazirligining kanalida ma’lumot berib o‘tildi.

Ta’lim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, maktab rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo‘ng‘iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo‘natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.

Mashg‘ulotlar va turli tadbirlar oralig‘ida telefon orqali so‘zlashish uchun xonadan yo‘lakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring