Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahrisabz 2024 yil IHT turizm poytaxti deya eʼtirof etildi

Shahrisabz 2024 yil IHT turizm poytaxti deya eʼtirof etildi

Foto: Reuters.

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga aʼzo davlatlar Turizm vazirlarining IV yig‘ilishi onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Tadbir IHTda “2022 yil – o‘zaro aloqalarni mustahkamlash yili” konsepsiyasiga muvofiq O‘zbekiston raisligida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tashkilotga aʼzo davlatlarning turizm idoralari rahbarlari va IHT Madaniyat Instituti prezidenti ishritok etdi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Аziz Аbduhakimov raislik qildi.

Tadbir doirasida Shahrisabz shahri 2024-yil IHT turizm poytaxti deya eʼlon qilindi.

Maʼlumot uchun, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga O‘zbekiston, Turkmaniston, Turkiya, Eron, Tojikiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Ozarbayjon mamlakatlari kiradi.

IV yig‘ilish kun tartibidan “IHT mintaqasida COVID-19 pandemiyasidan keyin turizm sohasini jadal tiklash, xavfsiz va barqaror rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, “IHT turizm poytaxti” nomzodlari, “ECO Vision 2025” mandatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimoti hamda IHTga aʼzo davlatlarning “Samarqand Deklaratsiyasi” o‘rin oldi.

Аziz Аbduhakimov yig‘ilish ishtirokchilarini O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, joriy yil natijalari va davlat rahbari tomonidan kelgusi yilga qo‘yilgan aniq rejalar bilan tanishtirdi. Shuningdek, 450 millionga yaqin aholiga ega IHT hududi yirik turizm bozori ekanligi, ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash orqali turistlar oqimini sezilarli darajada oshirishga doir takliflar ilgari surildi.

Shu bilan birga, Tashkilotga aʼzo davlatlar turizm sohasi rahbarlari 2023-yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan UNWTO Bosh Аssambleyasining 25-sessiyasi va uning doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarda faol ishtirok etish uchun taklif qilindi.

O‘z navbatida, IHT Bosh kotibi va aʼzo davlatlarning delegatsiya rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi raisligi doirasida ilgari surilgan tashabbuslar barcha davlatlar turizm sohasi manfaati yo‘lida xizmat qilishi, ko‘p tomonlama aloqalarning yanada jadallashishiga hissa qo‘shishi taʼkidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring