Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mansabdor o‘z xizmat xonasida ushlandi

Mansabdor o‘z xizmat xonasida ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, unda Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Oltiariq tuman bo‘limi boshlig‘i X.U. «R.Q.» MChJda o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha qo‘llaniladigan jarima miqdorini kamaytirib berish evaziga MChJ rahbari A.dan o‘z xizmat xonasida 1 600 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring