Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank bankomatlardan pul yechish foizi oshishini izohladi

Markaziy bank bankomatlardan pul yechish foizi oshishini izohladi

Foto: Xabar.uz

2022-yilning 11-iyul kuni Ayrim tijoriy banklar tajriba tariqasida bankomatlar orqali yirik naqd yechish uchun 1,5 foizdan 3 foizgacha komissiya olishi bo‘yicha xabar berildi. 

Markaziy bank ushbu holat yuzasidan bayonot e’lon qildi. 

«Birinchi navbatda, bayram kunlari munosabati bilan respublika hududidagi 9500 dan ortiq bankomatlarning uzluksiz ishlashi va yetarli miqdorda naqd pullar bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan.

Bankomatlardan naqd pul yechish uchun komissiya to‘lovlari tijorat banklari tomonidan bankomatga xizmat ko‘rsatish xarajatlaridan kelib chiqib mustaqil belgilanadi va bugungi kunda 1 foizdan oshmaydi», deyiladi MB xabarida.

Ayrim tijorat banki tomonidan alohida bir bankomatda eksperiment tariqasida tabaqalashgan yuqori komissiya to‘lovi o‘rnatilgan bo‘lsa, erkin bozor sharoitida bu o‘zini oqlamaydi.

«Zero, boshqa bankomatlarda komissiya to‘lovi 1 foiz yoki undan past qilib belgilanganligi sababli iste’molchilar arzon xizmatidan foydalanishni afzal ko‘radi», deya yakunlanadi munosabat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring