Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marokash terma jamoasi barcha mukofot pullarini xayriya qildi

Marokash terma jamoasi barcha mukofot pullarini xayriya qildi

Foto: Sport AKIpress

Marokash terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatidan olingan barcha mukofot pullarini xayriya qildi. Bu haqda jurnalist Xolid Baydun «Tvitter»da yozdi.

Jurnalist bu pullar mamlakatdagi qashshoqlarga yordam uchun sarflanishini ma’lum qildi. Marokash terma jamoasi Qatar-2022 da 25 mln dollar mukofot puli ishlagandi.

Avvalroq terma jamoaning 29 yoshli yarimhimoyachisi Hakim Ziyosh mundialdan olgan hamma pullarini xayriya qilgandi.

Ma’lumot uchun: Marokash terma jamoasi 2022-yilgi JChda yarimfinalgacha yetib kelib, Fransiyaga mag‘lub bo‘ldi — 0:2. Yakunda mag‘ribliklar turnirda 4-o‘rinni egallashdi. Hali Afrikaning hech bir jamoasi turnirning bu bosqichigacha yetib kelmagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring