Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri 60 yoshga to‘lgan Mahmudjon Imomqoriyevni tabrikladi

AKT vaziri 60 yoshga to‘lgan Mahmudjon Imomqoriyevni tabrikladi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat feld’yegerlik xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Mahmudjon Imomqoriyevni tavallud topgan kuni va 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov samimiy tabrikladi.

«Siz uzoq yillar davomida Davlat feld’yegerlik xizmatida rahbarlik lavozimlarida samarali xizmat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Hukumati, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hujjatlar almashinuvini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlab kelmoqdasiz.

Mehnat faoliyatingiz davomida Sizga yuklatilgan barcha vazifa va topshiriqlarni sidqidildan ado etgan holda yelkama-yelka xizmat qilib kelayotgan safdoshlaringizga bo‘lgan samimiy munosabatingiz, boy tajriba va yetuk bilimingiz bilan soha mutaxassislari o‘rtasida alohida hurmat va e’tiborga egasiz», — dedi AKT vaziri Sh. Sodiqov.

Bugungi kunda Mahmudjon Imomqoriyevning mehnatsevarligini, kamtarlik va qat’iyatlilik kabi fazilatlarini respublikamizdagi barcha aloqachilar biladi va hurmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring