Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxsus sirtqi bo‘limga nima uchun kvotalar e’lon qilinmadi, u yopildimi?

Maxsus sirtqi bo‘limga nima uchun kvotalar e’lon qilinmadi, u yopildimi?

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberganov o‘zining «Telegram»-kanalida nima uchun maxsus sirtqi bo‘limga kvotalar e’lon qilinmagani haqida yozdi.

«Joriy yilda maxsus sirtqi bo‘lim uchun kvotalar ajratilmadi va qabul bo‘lmaydi. Bu yildan boshlab maxsus sirtqilar uchun biroz boshqacharoq tartib joriy qilinadi, ya’ni kecha aytilganidek, vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) tavsiyasi asosida to‘lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shakliga qabul qilinadi. Bunda xodim kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak va ular keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab beradi. Kirishda test bo‘lmaydi, shunchaki suhbat asosida qabul qilinadi.

Bu bo‘yicha savollar juda ko‘p berilmoqda, lekin to‘liq tartib tasdiqlanmaguncha hech narsa deb bo‘lmaydi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  bir oy muddatda buning tartibini hamda tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxatini tasdiqlaydi. Shungacha kutib turish kerak, keyin barchasi ma’lum bo‘ladi»,-deb yozadi bloger.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring