Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Maxsustrans» Toshkent bo‘ylab 66 mingdan ortiq zamonaviy urnalar o‘rnatadi

«Maxsustrans» Toshkent bo‘ylab 66 mingdan ortiq zamonaviy urnalar o‘rnatadi

Foto:«Maxsustrans»

Toshkent shahri bo‘ylab 66 mingdan ortiq zamon talablariga javob beradigan urnalar o‘rnatiladi. Bugungi kunda «Maxsustrans» IChB hamda Toshkent shahar hokimiyati o‘rtasida mazkur masalada muzokaralar olib borilmoqda.

Unga ko‘ra, «Maxsustrans» IChB tomonidan urnalarni o‘rnatish va keyinchalik ulardan chiqindilarni olib ketish ko‘zda tutilgan.

Bu borada Toshkent shahar hokimligiga takliflar taqdim etilgan, ular ko‘rib chiqilish jarayonida.

Aytish joizki, «Maxsustrans» IChB tomonidan joriy yilda mahalliy chiqindilar to‘planadigan shoh ko‘chalarga, yerlik mahallalarga, korxona va tashkilotlarga 2018-yil davomida 10 mingdan ortiq 1100 litr va 750 litr hajmdagi chiqinda qutilar o‘rnatilgan. Joriy yilning o‘tgan davrida esa 2000 dan ortiq o‘rnatilib, shundan 300 dan ortig‘i surunkali chiqindi to‘planadigan joylarga o‘rnatilgan.

Shuningdek Toshkent shahrida yana 10 ta zamonaviy yer osti chiqindi yig‘ish maydonchalari qurilishi rejalashtirilgan. 11 ta chiqindi yig‘ish maydonchalari rekonstruksiya qilinadi 220 ta chiqindi yig‘ish maydonchalari joriy ta’mirlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuniga mahalla va korxonalardan 1800 tonna chiqindi yig‘iladi bu 45 ta temir yo‘l vagoniga teng. Ushbu chiqindilarni tashish uchun kuniga 240 ta og‘ir yuk tashuvchi texnika xizmat ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring