Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maymun chechagi Janubiy Koreyaga yetib bordi

Maymun chechagi Janubiy Koreyaga yetib bordi

Foto: «Pixabay»

Janubiy Koreyada maymun chechagini yuqtirish bo‘yicha birinchi holat tasdiqlandi.

Virus 21-iyun kuni Germaniyadan qaytgan koreyalikda topildi. Uning o‘zi Inchxon xalqaro aeroportida mutaxassislarga murojaat qilgan.

Vataniga qaytishiga uch kun qolganida unda bosh og‘rig‘i, terisida o‘zgarishlar va boshqa simptomlar paydo bo‘lishni boshlagan. Bu haqda Koreya kasalliklar nazorati va profilaktikasi agentligi xabar berdi.

Yo‘lovchidan olingan test maymun chechagini tasdiqladi. Bemor tibbiyot markazida karantingan olindi. Mutaxassislar epidemiologik tekshiruvni boshlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring