Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gastroturizm: Surxondaryoda gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi o'tkazildi

Gastroturizm: Surxondaryoda gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi o'tkazildi

Foto: 24 Kanal

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida birinchi gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari — viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshligʻi Jo'rabek Toʻrayev va boshqa mutasaddilar ishtirokchilarni voha markazida oʻtkazilayotgan ilk Termiz gastronomik turizmi va yarmarkasi bilan tabrikladi. 

Shuningdek, mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor qaratilib, ichki va tashqi turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilib, hajmini koʻpaytirish, sayyohlarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish uchun zarur sharoit yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish muhim vazifa sifatida belgilab olingani taʼkidlandi. Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha imkoniyatlar berilib, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasi yuksaltirilayotgani qayd etildi.

Ta'kidlash joizki, Surxondaryo viloyati o‘zining noyob taomlari va oshxonasi bilan gastronomik turizmni rivojlantirish uchun qulay hudud hisoblanadi. Boy tarix va madaniyati, betakror meʼmoriy va arxeologik yodgorliklari va soʻlim tabiati, shifobaxsh suvlariga ega boʻlgan voha butun dunyo sayyohlarida katta qiziqish uygʻotmoqda. Misol uchun, joriy yilning oʼtgan davrida viloyatga 824 ming 500 nafar mahalliy va dunyoning 85 davlatidan 143 ming 900 nafar chet ellik sayyoh kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring