Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mehmonxonada styuardessaning o‘limida 11 erkak gumon qilinmoqda

Mehmonxonada styuardessaning o‘limida 11 erkak gumon qilinmoqda

Foto: «Daily Mail»

Filippinda to‘rt yulduzli City Garden Hotel mehmonxonasining hammomida Philippine Airlines (PAL) Express styuardessasi Kristin Anjelika Daseraning jasadi chiqdi, jinoyatni sodir etganlikda 11 nafar erkak gumon qilinmoqda, deb yozadi «Daily Mail».

23 yoshli ayol yangi yilni do‘stlari va hamkasblari bilan birga kutib olgan. Uning hamkasbi Rommel Galida 1-yanvar kuni ertalab uyg‘onganini va qizni hammomdan topganini tan oldi. Uni uxlayapti deb o‘ylab, ustiga adyol yopgan va uyquni davom ettirgan. Biroz vaqt o‘tgach, u yana hammomga kirgan va ayolning tanasi ko‘kara boshlaganini payqagan. Shundan so‘ng hammaga xabar bergan. Yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazishga bo‘lgan urinishlari esa samara bermagan. Dasera shifoxonaga olib borilgan, u yerda shifokorlar uning vafot etganini tasdiqlashgan.

Ayni paytda murdani tekshirish natijalari noma’lum, biroq huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari marhumning sonlari va tizzalarida kesilgan hamda boshqa jarohat izlarini topishgan. Tergov xulosalariga ko‘ra, styuardessa tanasida uning zo‘rlanganligini bildiruvchi boshqa dalillar ham mavjud.

Gazetaning yozishicha, politsiya qo‘shni xonalarda yashovchi marhum qizni tanigan 11 nafar erkakni jinoyatda gumon qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring