Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mehnat migrantlariga uy ajratish tartibi belgilandi  

Mehnat migrantlariga uy ajratish tartibi belgilandi   

Foto: «akket.com»

2020-yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan 3462ta xonadon ajratish belgilangani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Hafizovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ehtiyojmand mehnat migrantlariga xonadonlar ajratish tartibi belgilangan.

Tartibga muvofiq, uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman (shahar)lardan belgilangan tartibda ajratiladi.

Uy-joy ajratish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Ariza beruvchi talabgor sifatida «labor_migration» dasturiy majmuasidan ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Ushbu dasturdan ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza beruvchi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yoki uning hududiy filiallariga murojaat qilishlari lozim bo‘ladi.

Ariza beruvchi kim?

  • bu, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migranti yoki uning nomidan oila a’zosi (otasi, onasi, farzandi, aka-ukasi, opa-singlisi) xisoblanadi.

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida dasturdan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar www.labormigration.uz rasmiy veb-saytda doimiy e’lon qilib boriladi.

  1. Ariza beruvchi yozma tavsiyani olish uchun talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjatlarni va so‘rovnoma-arizani taqdim etadi;

Komissiya hujjatlarni 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

Komissiya arizani ko‘rib chiqishda uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlarini qator ijtimoiy mezonlar asosida (talabgor nomida uy-joy yo‘qligi, ijarada turishi, boshqa oila bilan bir uyda yashashi, ko‘p bolalilik va boshqa) aniqlaydi.

Arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitini o‘rganish natijasida komissiya yozma tavsiya berish yoki yozma tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

  1. Yozma tavsiya berilgan talabgorlar dastlabki shartnomalarni tuzish uchun injiniring kompaniyasi filialiga murojaat qiladi.

2020-yil dasturlari doirasida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha:

  • imtiyozli davr – 1 yil;
  • kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring