Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Men o‘z xalqimni yaxshi ko‘raman, menga 4 kishi boy bo‘lgani kerak emas — Prezident

Men o‘z xalqimni yaxshi ko‘raman, menga 4 kishi boy bo‘lgani kerak emas — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi va faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari o‘z nutqida ishsizlik masalasiga to‘xtalar ekan, bu muammoni hal qilishda klasterlarning o‘rni katta bo‘lishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Davlat rahbari shuningdek qishloq xo‘jaligida eskicha tizimda ish mutlaqo samarasiz bo‘lgani va boshqa sohalarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlab o‘tdi.

— Paxta tufayli qancha odam zarar ko‘rdi, qanchasi qamaldi? Avval kolxozlar bor edi, ular ham nari borsa yil oxirida bitta teshik gilam berardi. Oddiy kolxozchi tugul xatto kolxoz raisi ham oylik olmasdi. Zararni esa hisoblab bo‘lmasdi - o‘quvchi ham paxtada, shifokor ham. Nima uchun qoloq bo‘lib qoldik, chunki ta’lim yo‘q edi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari ushbu muammoni hal qilish oson bo‘lmagani va buning uchun millatga bo‘lgan muhabbatning o‘rni qanchalik bo‘lganini aytdi.

— Biz mana shu muammoni hal qildik, klasterlar tashkil etdik. Mana endi klaster tufayli bolalarimiz maktabda, o‘qituvchi darsda, talabalar auditoriyada. Bu ishni qancha og‘ir bo‘lsa ham bajardik va buning uchun faqat bitta narsa kerak edi - xalqni yaxshi ko‘rish.

Men o‘z xalqimni yaxshi ko‘raman, hurmat qilaman, sevaman. Shuning uchun ham shu xalq manfaati uchun ishlayapman. O‘zbek xalqi ham boy bo‘lsin, bardavom iqtisodga ega bo‘lsin. Faqat jon boshiga daromadni oshirish bilan xalqimiz va davlatimizni ko‘tara olamiz, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev shu bilan birgalikda klasterlar oldiga qo‘yiladigan talab ham oshishini ta’kidladi. Prezidentning aytishicha, endi ishsizlik masalasida klasterlarga alohida talab qo‘yiladi.

— Do‘st achitib gapiradi, deydilar. Klasterlarni tashkil qilishda o‘zim tepasida turganman. Endi ularga talabni oshiramiz, klaster ish olib borayotgan tumanda ishsizlik bo‘lmasligi kerak. Men uchun 4 kishi boy bo‘lgani kerak emas, xalqning turmush darajasi oshsin. Shu sababli klasterga talab qo‘yaman, o‘zi ishlaydigan hudud rivojlanishi uchun sarmoya tiksin.

Klaster shu yer tufayli boy bo‘lyaptimi, xalqni ham o‘ylab qo‘ysin. Shunday ekan, Farg‘ona tajribasi sifatida shuni yo‘lga qo‘yamiz — ishsizlik masalasida klasterlarga talab qo‘yiladi.

Biz bu talabni 5 yil oldin qo‘ymaganmiz, chunki hisob-raqamida ortiqcha puli bo‘lgan birorta tashkilot yo‘q edi. Hech biri daromad bilan yilni yakunlay olmasdi. Ammo endi vaziyat o‘zgardi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring