Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Meni va qizimni zo‘rlaganlar ozodlikda yuribdi» — muhojir ayol murojaati e’tiborga olindi

«Meni va qizimni zo‘rlaganlar ozodlikda yuribdi» — muhojir ayol murojaati e’tiborga olindi

Foto: «YouTube»

2021-yil 16-aprel kuni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda «Muhojir ayol: Meni va qizimni zo‘rlaganlar ozodlikda yuribdi» nomli videomaterial keng tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma’lum qilishicha, chet elda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarosining murojaati nazoratga olindi.

Videolavhada Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida mehnat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va uning ikki farzandiga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik harakatlari bo‘yicha xabarlar aks ettirilgan.

Ushbu masala Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi.

Hukumatning tegishli vazirlik va idoralariga tezkor so‘rovnomalar yuborildi.

O‘rganish natijalari yuzasidan ma’lumot berilishi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring