Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi o‘z hisobidan 35 ta tilla smartfonga buyurtma berdi

Messi o‘z hisobidan 35 ta tilla smartfonga buyurtma berdi

Argentina tkrma jamoasi yetakchisi Lionel Messi Qatardagi jahon chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoadoshlari uchun 35 dona tilladan yasalgan iPhone smartfonlariga byurtma berdi. U bu uchun 200 ming yevro sarfladi.

Argentinalik yulduz 24 karatli (999 probali) smartfonlarda jamoaning har bir a’zosi ismi, maydondagi raqamlari va Argentina logotipi o‘yib yozilgan.

The Sun nashriga ko‘ra, Messi anchadan buyon chempionlikni o‘zgacha usulda nishonlashni maqsad qilib yurgan va tadbirkor Ben Lyons bilan bog‘lanib, ushbu sovg‘a dizaynini o‘ylab topishgan.

«Lionel iDesign Gold kompaniyasining eng sodiq mijozlaridan biri. U biz bilan Jahon kubogi finalidan bir necha oy o‘tgach bog‘langan edi», – deydi kompaniya bosh direktori Ben Lyons.

Bennning aytishicha, futbol yulduzi g‘alabani nishonlashga barcha o‘yinchilar va xodimlar uchun maxsus sovg‘a olishni xohlagan, ammo odatiy sovg‘alarni, masalan, soatlarni istamagan.

«Shunday qilib, men o‘z nomlari yozilgan oltin smartfonlarni taklif qildim va unga bu g‘oya yoqdi», – deydi tadbirkor.

Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida 35 yoshli Messi turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring