Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi «qanday qilib bo‘lsa ham» «Barsa»ga qaytishni istamoqda

Messi «qanday qilib bo‘lsa ham» «Barsa»ga qaytishni istamoqda

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi yozgi transfer oynasida «Barselona»ga qaytishni istamoqda.

Bu haqda jurnalist Joan Fontes ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Messi buni «qanday bo‘lsa ham» «Barsa»ga qaytishni xohlaydi. Uning fransuz klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, shuning uchun u «Barselona»ga tekinga o‘tishi va shartnoma bo‘yicha dastlabki muzokaralarni olib borishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning avgustida argentinalik futbolchi «Barselona»da 18 yil o‘ynaganidan so‘ng «PSJ»ga o‘tgan edi.

U klub bilan birga o‘n marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, to‘rt marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring