Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Metro qatnovi to‘xtatilgan bekatlar oralig‘ida avtobus qatnovi tashkil etildi

Metro qatnovi to‘xtatilgan bekatlar oralig‘ida avtobus qatnovi tashkil etildi

Farg‘ona yo‘li ko‘chasini THAY bilan bog‘lovchi ko‘prik yo‘li bo‘yicha qo‘shimcha inshootlar barpo ishlari doirasida, 2023-yil 11-17-mart kunlari Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘nalishidagi 6-bekat (Yangiobod bozori) va 7-bekat (Qo‘yliq bozori) oralig‘ida poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Shu munosabat bilan, «Qo‘yliq dehqon bozori» so‘nggi bekatidan THAY, Rohat aylanma yo‘li, THAY orqali Yangiobod bozori bekatigacha harakatlanuvchi, yo‘lovchilarga pullik asosda xizmat ko‘rsatuvchi «Qo‘yliq dehqon bozori – Yangiobod bozori» vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.

Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yo‘nalishidagi harakat jadvallari soni 4 ta, yo‘nalishning ish tartibi soat 5:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring