Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB 160.000 AQSh dollar qiymatidagi qarzdorlikni undirdi

MIB 160.000 AQSh dollar qiymatidagi qarzdorlikni undirdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida  bir «ish» ko‘rilib, yakunda M. Yuldashevdan haqdor A. Usmonov foydasiga 160.000 AQSh dollari undirishni belgilagandi. Ushbu miqdor  shunchaki qarz emas, jinoiy zarar ekani e’tiborga olinsa, ko‘rilgan jinoyat ishi ko‘lamini tasavvur qilavering. Biroq hozir gap jinoyat  ishi tafsiloti haqida emas. Balki sud hujjati ijrochi xususida.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining hujjati ijro uchun Majburiy ijro byurosining Uchtepa tuman bo‘limiga  kelib tushgach, darhol ishga kirishildi. Avvaliga, tabiiyki, qarzdorga muddat berildi: ixtiyoriy ravishda  zararni qoplang, yo‘qsa, majburiy choralar ko‘riladi...

Qisqasi, MIB Uchtepa tuman bo‘limi xodimlarni majburiy ijro harakatlariga kirishishiga to‘g‘ri keldi. Ish oson kechmadiyu ammo oxiriga yetkazildi baribir. A.Usmonov foydasiga jami 1 mlrd. 449 mln. 760 ming so‘m miqdoridagi jinoiy zarar to‘liq undirildi.

Boshqacha bo‘lishi mumkin? Albatta, yo‘q! 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring