Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB: marhum salkam 28 million so‘m qarz emish?!

MIB: marhum salkam 28 million so‘m qarz emish?!

Majburiy ijro byurosi xodimlari ba’zan ko‘z ko‘rib, qo‘loq eshitmagan holatlarga duch kelishadi. Ayniqsa, ta’minotchi korxona va iste’molchi o‘rtasidagi  munosabatlarga oid hujjatlarda.

Byuroning Koson tuman bo‘limi xodimlari «Rahim so‘fi» MFY hududida elektr energiyadan qarzdorlik holatlari o‘rganilganda g‘alati-g‘alati manzaralar guvohiga aylanishdi. Ya’ni,  66 ta holatda transformatorlarni elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar va xizmat farmoyishlarini olmasdan o‘zboshimchalik  qilib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab berilishi oqibatida uch yillik isrof (potereya)  yuzaga kelgan. Buning hisob-kitobi esa 405 million so‘mdan oshib ketdi. Bunda ko‘p ayb montyorlarga tushishi aniq. Axir ular fuqarolardan olgan pulni cho‘ntakka urib, tarmoqqa ulab ketaverishgan-da. Hosil bo‘lgan qarzdorlikni yopish uchun «qo‘lbola qarzdorlar» ro‘yxati shakllantirilibdi. Bu ro‘yxatga tushgan fuqarolar «qarzini» ko‘rib, esi og‘ib qolishi hech gap emas: biri 30 million,  boshqasi 32 million so‘m «qarz»?! Eng achinarlisi «qarzdorlar ro‘yxati»da  allaqchon bandaligini bajro keltirgan marhum  ham bor: uning «qarzi» salkam 28 million so‘m emish?!

 Boshqa soxtakorliklar  haqida-ku, gapirmaylik.

Qayd etilgan holatlar bo‘yicha MIB Koson tuman bo‘limi tomonidan allaqachon jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bir necha moddalarni o‘zida mujjassam qilgan «delo»lar shu kunlardan shaqqilatib tergov qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring