Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimiga benzin sepib, yoqib yubormoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

MIB xodimiga benzin sepib, yoqib yubormoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Illyustrativ surat

Andijonning Xonobod shahrida xizmat vazifasi bajarayotgan Majburiy ijro byurosi xodimi yonib ketishiga sa-al qoldi. Gap shundaki, uning ustiga benzin sepib, yoqib yubormoqchi bo‘lingan.

Ayni ma’lumotni Xabar.uzga tasdiqlagan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latov voqea tafsilotini ochiqladi.

Unga ko‘ra, Qo‘rg‘ontepa tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga (11.03.2021 yil) asosan ATB «O‘zsanoatqurilishbank» Xonobod shahar filiali foydasiga qarzdor MChJdan 459 mln. 871 ming so‘m kredit qarzi undirish, undiruvni garov ta’minoti hisoblangan xizmat ko‘rsatish bino-inshootlariga qaratish belgilangan.

Kredit qarzdorligi berilgan muhlat davomida qoplanmagan garovdagi mulki auksion savdolariga chiqarilgan. Bino auksionda sotilmagach, bankka ko‘chmas mulkni qabul qilish haqida taklif berilgan.

Ushbu holat yuzasidan Byuro xodimlari binoni bank ixtiyoriga topshirish haqida ogohlantirish maqsadida qarzdor bilan uchrashgan paytida qarzdor MChJ ta’sischisi M.Yu. byuro bo‘lim boshlig‘iga benzin sepib, yoqishga uringan.

Ijro jarayoniga jalb etilgan ichki ishlar xodimi tadbirkorning qo‘lidagi olov tutatqich (zajigalka)ni tortib olishga muvaffaq bo‘lishi natijsida katta ko‘ngilsizning oldi olindi.

Bundan tashqari, MChJ rahbari M.S. (M.Yu. ning o‘g‘li) ham bank va Byuro xodimlarini haqorat qilib, qarshilik ko‘rsatganini qo‘shimcha qildi F.Toshpo‘latov.

Hozir holat yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan M.Yu. va M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi b bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring