Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiya nomusga tegishda gumon qilinayotgan xodimi haqida ma’lumot berdi

Milliy gvardiya nomusga tegishda gumon qilinayotgan xodimi haqida ma’lumot berdi

Milliy gvardiya matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati «Qo‘riqlash» bo‘limi safdor xodimining 13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgani haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan arizada fuqaro M.N. safdor xodim Sh.Sh. tomonidan 2019 yilda zo‘rlanganini bayon etgan.

Ayni paytda Milliy gvardiya xodimi bo‘lgan Sh.Sh. esa tizimda 2020 yil fevral oyidan ish boshlagan.

«Jabrlanuvchi huquqni muhofaza qilish organlariga birinchi marta 2022 yilda ariza bilan murojaat qilgan.

Shundan so‘ng, fuqaro M.N.ning arizasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan», – deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 4 aprel kuni  mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Milliy gvardiya axborot xizmati safdor xodim Sh.Sh.ning kelgusida «Qo‘riqlash» bo‘limida xizmat o‘tashi to‘g‘risidagi qaror tergov natijalariga ko‘ra qabul qilinishini bildirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring